Oʻzbekiston mahalliy ma’muriyatidagi barcha manfaatdor
shaxslar diqqatiga:
Mening ismim Dimitri Bernard Kieffer.
Men Frantsiya fuqarosiman, va men hozirgi vaqtda 2005 yil
fevral oyida AQShning Alyaska shtati, Ankokridj shahrida boshlangan inson
mushaklari kuchi hisobiga amalga oshirilayotgan dunyo boʻylab ekspeditsiyaning
yarmini bosib oʻtdim. Men shu vaqtga qadar 15000 km masofani bosib oʻtdim:
buning ichiga uzunligi 5000 km boʻlgan masofani 6 mavsumdagi qish davomida
piyoda hamda 10000 km maosfani 3 mavsumdagi yoz daomida velosipeda bosib
oʻtdim.
Men yoʻlga tushganimdan beri Alyaskani bosib oʻtdim, shundan
soʻng suzishga oʻtdim, yana piyoda yurdim va 2006 yil aprel oyida Bering
qoʻltigʻi orqali changʻida Rossiya qirgʻoqlariga etib keldim. Shundan soʻng men
changʻida yurishni davom ettirib, janubi-gʻarbiy yoʻnalishda Rossiyaning
Magadan oblastidagi Omsukchan degan joyiga etguncha harakatlandim.
Shu vaqtdan boshlab menga mening rossiyalik turmush
oʻrtogʻim Gulnara Kiffer qoʻshildi, va biz birgalikda velosipeda Moʻgʻoʻliston,
Xitoy, Qozogʻistonni velosipeda bosib oʻtdik, shu yoʻsinda biz 2013 yil dekabr
oyida Qirgʻizistonning Bishkek shahriga etib keldik.
Qirgʻizistonda qish oylarini oʻtkazib (2014 yil yanvar-mart
oylari), biz 20 aprelda velosayohatni janubiy yoʻnalishda Qirgʻiziston va
Tojikiston orqali davom ettirmoqchimiz.
Biz Oʻzbekistonga 2014 yil iyul oyida Denov-Tursunzoda
chegara oʻtish yoʻli orqali kirib borishni, bunda velosipeda Sariosiyo, Denov,
Boysun, Qorashina, Dehqonobod, Gʻuzor, Qiziltepa, Shahrisabz, Kitob, Qoratepa,
Kenagas, Samarqanda, Charkin, Juma, Kattaqoʻrgʻon, Oqtosh, Ziyodin, Karmana,
Qiziltepa va nihoyat Buxoro shaharlari orqali oʻtishni rejalashtirganmiz.
Yoʻnalish xaritasi:
https://maps.google.com/maps/ms?msid=212111032970980715660.0004f69ba97927e086b4a&msa=0&iwloc=0004f69cd45bc67348c37
|
2014 Neksus Ekspeditsiyasi Oʻzbekiston
|
Biz Sizlar bilan Sizlarning soʻzlashadigan tilingizda
muloqot qila olmasligimiz uchun uzr soʻraymiz. Shunga qaramay, biz
bir-birimizni tushunamiz deb umid qilamiz!
Sizlarga mehmondoʻstligingiz uchun va yuksak darajada
qoʻllab-quvvatlaganingiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz!
Dimitri Bernard Kieffer va Gulnara Kieffer
Neksus Ekspeditsiyasi
No comments:
Post a Comment